AsosiyJinoyat

QQSni sun’iy qaytarish orqali 24 mlrd. o‘margan guruh qo‘lga olindi

DXX tomonidan soliq, bojxona, bank xodimlari va hokim o‘rinbosari hamda tadbirkorlardan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

'QQSni sun’iy qaytarish orqali 24 mlrd. o‘margan guruh qo‘lga olindi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida 17 nafar soliq idoralari xodimlari, 1 nafar bojxona organi xodimi, 1 nafar bank xodimi, 1 nafar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari va 18 nafar tadbirkorlik subyektlarining mansabdor shaxslaridan iborat uyushgan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi.

Aniqlanishicha, ushbu guruh tomonidan 2020-2023 yillar davomida 8 ta soxta korxona tashkil qilinib, xorijga soxta eksport qilingan mebel mahsulotlari uchun qaytarilishi belgilangan 15 foiz qo‘shilgan qiymat solig‘ining (QQS) salbiy farq summasini asossiz qaytarib olish orqali, ular jami 24 mlrd. 580 mln. so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilishgan.

Jinoiy guruh faoliyatini soliq idoralarining sobiq xodimi muvofiqlashtirib borgan va aynan mazkur shaxs norasmiy rahbarlik qilgan korxonalar Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsada, ularning yuridik manzillari asossiz ravishda tez-tez o‘zgartirilib, ularga rasmiy rahbar sifatida ishga aloqador bo‘lmagan shaxslarning nomlari kiritilgan. Shuningdek, korxonalarning faoliyat turi sifatida mebel ishlab chiqarish bilan shug‘ullanish belgilangan bo‘lsada, aslida ular hech qanday ishlab chiqarishni amalga oshirishmagan.

Bundan tashqari, hisobot hujjatlarida go‘yoki ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlar Qirg‘iziston Respublikasiga eksport qilinganligi aks ettirilgan. 

Lekin, tekshiruvlar jarayonida eksport operatsiyalari amalga oshirilmaganligi, korxonalarning muhrlari uyushgan guruh tomonidan soxtalashtirilganligi va eksport shartnomalari shakllantirilganligi hamda davlat budjetidan yuqorida ko‘rsatilgan qo‘shilgan qiymat solig‘i pul mablag‘lari noqonuniy qaytarib olinganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 167, 179, 184, 209 va 228-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.

Tergov davomida 6 mlrd. 808 mln. so‘m davlat hisobiga undirildi. Shuningdek, yetkazilgan zararni qoplash uchun 6 mlrd. 300 mln. so‘mlik mol-mulk, jumladan 1 ta ko‘p qavatli xususiy tibbiy klinika binosi, 1 ta avtomobillar yuvish shahobchasi, 2 ta xonadon, 6 ta avtomashina hamda telefon va kompyuter jihozlari xatlandi. 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi tomonidan 38 nafar sudlanuvchilarning 14 nafariga 5 yil 6 oydan 7 yil 6 oy muddatgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, 18 nafar shaxsga nisbatan turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ularga Jinoyat Kodeksining 72-moddasini qo‘llagan holda 2 yil muddat ichida yetkazilgan moddiy zararni qoplash majburiyati bilan 3 yil sinov muddati tayinlandi.

Bundan tashqari, sudlanuvchilarning 6 nafariga nisbatan 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar

    'Denovda 150 ming dollarlik narkotik savdosi fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 19.03.2026 16:02

    Denovda 150 ming dollarlik narkotik savdosi fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

    'Sirdaryoda MIB xodimi pora bilan ushlanidi'ning rasmi

    Jinoyat 19.03.2026 04:59

    Sirdaryoda MIB xodimi pora bilan ushlanidi

    Ular fuqarodan 20 million so‘m talab qilgan.

    'Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 18.03.2026 09:57

    Toshkentda ichki ishlar xodimlari bir yilda nechta jinoyatni yashirgani ochiqlandi

    Yil davomida shahar prokuraturasi hisobotlar haqqoniyligi, jinoyatlarni hisobdan yashirish holatlarini aniklash bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazgan.

    'Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди'ning rasmi

    Jinoyat 18.03.2026 03:43

    Қозоғистонда қоровул тасодифан бошлиғини отиб ўлдирди

    Jambil viloyatidagi harbiy qismda qorovul tomonidan uzilgan o‘q tasodifan boshliqqa tegib, uning o‘limiga sabab bo‘ldi. Hodisa yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda.

    'Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 17.03.2026 11:05

    Farg‘onada muhandis 10 ming dollar pora talab qilgan vaqtida ushlandi

    “Energosavdo” filiali muhandisi jarimani kamaytirib berish evaziga 10 ming dollar so‘rab, pulni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 09.03.2026 02:41

    Samarqandda kadastr xodimi, Surxondaryoda sobiq soliqchi pora bilan ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kadastr xodimi va sobiq soliq inspektorining noqonuniy harakatlari fosh etildi.