AsosiyJamiyat

Toshkentda madaniy meros obyekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi

O‘zbekiston amaliy san’at muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli sudga da’vo arizasi kiritilgan.

'Toshkentda madaniy meros obyekti yonida noqonuniy qurilish to‘xtatildi'ning rasmi

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Yakkasaroy tumani Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 28 uy manzilida olib borilayotgan qurilish ishlarini to‘xtatdi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar qilmoqda. 

Ma’lum qilinishicha, da’vo arizasi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan Madaniy meros agentligi tomonidan O‘zbekiston amaliy san’at muzeyiga tahdid solayotgan qonunbuzarliklar sababli kiritildi.

"Muzey muhim madaniy meros obyekti va Toshkent modernizmining diqqatga molik namunasi hisoblanadi. Shu singari maskanlarni muhofaza qilish nafaqat tarixni, balki shaharning me’moriy qiyofasini saqlab qolish uchun ham muhimdir", deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari"'ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2025 22:03

    "Ro‘zg‘or ishlari va farzand tarbiyasidan ortib, ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlar zamonamizning haqiqiy qahramonlari"

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi va davlat mukofotlarini topshirdi.

    'Toshkentda tez yordam xodimlari bemorni 4 soat olib yurib, uy yo‘lagida qoldirib ketgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2025 20:30

    'Qamchiq dovonida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2025 20:20

    Qamchiq dovonida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

    Ko‘chki dovonning qaysi qismida sodir bo‘ladi?

    'O‘zbekiston yerlari chet elliklarga berib yuborilyaptimi?'ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2025 18:23

    O‘zbekiston yerlari chet elliklarga berib yuborilyaptimi?

    Xalqni havotirga solayotgan xabarlarga rasmiylar izoh berdi.

    '“Xonadonlardan olib ketiladigan chiqindilar miqdori cheklanmagan, biroq…”'ning rasmi

    Jamiyat 07.03.2025 11:08

    “Xonadonlardan olib ketiladigan chiqindilar miqdori cheklanmagan, biroq…”

    Chiqindiga limit qo‘yilgani haqida tarqalgan xabardan so‘ng, olib ketilishi kerak bo‘lgan chiqindilarga nimalar kirishi ma’lum qilindi.