AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi

Yuksak mukofotni O‘zbekiston rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.

'Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

Tashrif doirasida Parij shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Yuksak mukofotni davlatimiz rahbariga Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.

O‘zbekiston Prezidenti ikki mamlakat hamkorligini rivojlantirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ushbu ordenga sazovor bo‘ldi.

Mamlakatimiz yetakchisi mukofot uchun Fransiya rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, keyingi yillarda sermahsul hamkorlikda yuksak natijalarga erishilgani, ikki mamlakat munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Faxriy legion ordeni 1802 yilda ta’sis etilgan. Fransiyada ushbu orden alohida xizmatlarning davlat darajasida e’tirof etilishi va shon-sharafning eng yuqori belgisi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar