AsosiyJinoyat

Toshkentda firibgarlarning “Call” markazi fosh etildi

Jinoiy guruhda ikki nafar tashkilotchi hamda 20ga yaqin operatorlar faoliyat yuritgan.

'Toshkentda firibgarlarning “Call” markazi fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahar IIBB, DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan uylardan birini ijaraga olib, u yerda koll-markaz faoliyatini qo‘lga qo‘yishgani aniqlandi.

Ular fuqarolarga soxta qo‘ng‘iroqlar orqali firibgarlik yo‘li bilan ularni aldab, mol-mulklarini talon-taroj qilish bilan shug‘ullanib kelishgan ushbu jinoiy guruhda ikki nafar tashkilotchi hamda 20ga yaqin operatorlar faoliyat yuritgan.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilardan 15 mingdan ortiq fuqarolarning abonent raqamlari, shaxsga doir ma’lumotlari, giyohvandlik moddalari, 35 dona uyali aloqa vositalari, 10 dan ortiq bank plastik kartalari ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278/4-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilar qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar