AsosiyJamiyat

Samarqanddagi maktabda o‘quvchi maktab direktori tomonidan kaltaklandi

Bunga o‘quvchilarni o‘zaro gaplashib darsga halaqit qilgani va o‘qituvchini haqorat qilgani sabab bo‘lgan.

'Samarqanddagi maktabda o‘quvchi maktab direktori tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 50-umumta’lim maktabi direktori maktab o‘quvchisini kaltaklagani aytilgan videoxabar tarqaldi. 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining holat yuzasidan ma’lum qilishicha, 8-"A" sinf o‘quvchisi Sh.I. 2025 yil 17 mart kuni biologiya darsida sinfdoshi bilan gaplashib, jim o‘tirmaganligi sababli o‘qituvchi K.O‘. tomonidan tanbeh berilgan.

Ammo o‘quvchi bundan xulosa chiqarmasdan, o‘qituvchini haqorat qilgan shundan so‘ng o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan.

Bu holatni o‘quvchilardan biri maktab direktoriga yetkazgan. Direktor sinfxonaga kelganda o‘quvchi Sh.I. o‘qituvchi K.O‘.ni yoqasidan ushlab turganligini ko‘rib ajratishga harakat qilgan va jahl ustida o‘quvchini yuziga tarsaki tushirganligini o‘z tushuntirish xatida bayon etgan.

Holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2025 20:47

    Prezident maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Maslahatchining joriy yilgi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

    'Samarqandda ham taomnomani o‘zbek tilida yozmagan oshxona jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2025 09:30

    Samarqandda ham taomnomani o‘zbek tilida yozmagan oshxona jarimaga tortildi

    Ijtimoiy tarmoqda taomnomada ma’lumotlar xorijiy tilda taqdim etilgani yuzasidan tanqidiy murojaat qoldirilgan.

    'Andijon xalqaro aeroporti 20 mart kuni ochiladi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2025 09:27

    Andijon xalqaro aeroporti 20 mart kuni ochiladi

    Birinchi reys Toshkent – ​​Andijon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshiriladi.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat yanada ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat 19.03.2025 08:03

    Bugun O‘zbekistonda harorat yanada ko‘tariladi

    Ba’zi joylarda kuchli shamol bo‘lishi mumkin.

    'TEMU marketpleysi O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.03.2025 21:02

    TEMU marketpleysi O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

    Ammo uning faoliyati bo‘yicha hali yakuniy xulosaga kelinmagan, - Soliq qo‘mitasi.

    'Xorazmda uchta tuman hokimi o‘zgardi'ning rasmi

    Jamiyat 18.03.2025 20:48

    Xorazmda uchta tuman hokimi o‘zgardi

    Ikkita hokim birinchi marta hokimlik vazifasiga tayinlangan.