AsosiyDunyo

Hindistonlik erkak o‘zini o‘zi operatsiya qildi

Uning bunday tavakkal qilishiga tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatining cheklangani sabab bo‘lgan.

'Hindistonlik erkak o‘zini o‘zi operatsiya qildi'ning rasmi

Hindistonning Bihar shtatida yashovchi 32 yoshli Rajababu Kumar qorin og‘rig‘idan aziyat chekib, yuutubedagi qo‘llanmalar asosida o‘z ko‘richagini mustaqil ravishda olib tashlashga uringan. Bu haqda zamon uz xabar berdi.

U xonasida og‘riqsizlantirish vositalarini qo‘llab, qornining pastki qismini kesadi, biroq operatsiya muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.

Og‘riq kuchayganidan so‘ng, Kumar jarohatni o‘zi tikishga harakat qiladi, ammo bu ham natija bermaydi. U oxir-oqibat oilasiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi va qarindoshlari uni zudlik bilan shifoxonaga yetkazishadi. Shifokorlar uning jarohatini tikib, zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Hozirda u kattaroq tibbiy markazga o‘tkazilgan.

Kumarning yaqinlari uning bunday tavakkal qarorga kelishiga sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatining cheklangani sabab bo‘lganini ta’kidlashdi. Mutaxassislar esa bunday xavfli tajribalar hayot uchun xavfli ekanini eslatib, bemorlarni har doim professional tibbiy yordamdan foydalanishga chaqirishmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yaponiya telefondan eng kam foydalanadigan davlatlar reytingida birinchi o‘rinda'ning rasmi

    Dunyo 15.09.2025 21:48

    Yaponiya telefondan eng kam foydalanadigan davlatlar reytingida birinchi o‘rinda

    Dunyoda o‘rtacha odam har kuni telefonida 4 soat 37 daqiqa vaqt o‘tkazadi.

    'Olmotida yuk mashinasi gaz quvuriga urilib, agʻdarilib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 15.09.2025 19:09

    Olmotida yuk mashinasi gaz quvuriga urilib, agʻdarilib ketdi

    Haydovchi jarohat oldi, unga tibbiy yordam koʻrsatildi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 15.09.2025 18:38

    'Konor MakGregor prezidentlik saylovida qatnashmaydi'ning rasmi

    Dunyo 15.09.2025 17:45

    Konor MakGregor prezidentlik saylovida qatnashmaydi

    U oʻzining qarori haqida ijtimoiy tarmoqlarda bayonot berdi.

    'Turkiya yadro reaktori ishlab chiqara boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 15.09.2025 17:37

    Turkiya yadro reaktori ishlab chiqara boshlandi

    Turkiya sanoat va texnologiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, bu energiya mustaqilligini mustahkamlash va importga qaramlikni kamaytirishga qaratilgan “Milliy texnologik sakrash” strategiyasining bir qismi.

    '2024 yilda kassetali o‘qlar butun dunyo bo‘ylab 314 kishini yaraladi va o‘ldirdi'ning rasmi

    Dunyo 15.09.2025 17:27

    2024 yilda kassetali o‘qlar butun dunyo bo‘ylab 314 kishini yaraladi va o‘ldirdi

    Birgina Ukraina o'tgan yili kassetalı bombalardan 40 ga yaqin foydalanish holatlari qayd etilgan.