AsosiyJamiyat

Samarqandda 1 apreldan ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi

Aholi uchun bir metr kub ichimlik suvi narxi 2800 so‘mni, yuridik tashkilotlar uchun esa 6700 so‘mni tashkil etadi.

'Samarqandda 1 apreldan ichimlik va oqova suv narxlari oshiriladi'ning rasmi

1 apreldan Samarqand viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar joriy etiladi, deb yozmoqda Spot.

Bu bo‘yicha xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan 24 martda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi narxlar tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha belgilanmoqda:

  • aholi uchun — 2800 so‘m;
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 6700 so‘m.

Oqova suvi xizmati uchun:

  • aholi uchun — 1900 so‘m;
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 5300 so‘m.

Bunda aholi hamda budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik va oqova suv narxlari QQSsiz hisoblangan.

Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari viloyat kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi, viloyat hokimining o‘rinbosari Akmal Shukurov zimmasiga yuklangan.

    Boshqa yangiliklar