O‘zbekistonda noqonuniy o‘rnatilgan bankomatlar demontaj qilinadi. Bu haqda kecha, 24 mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari Mirsaid Mirmaqsudov ma’lum qildi.
Mirsaid Mirmaqsudovga ko‘ra, bankomatlarni noqonuniy joylashtirishga qarshi nazorat ishlari olib borilmoqda va bu jarayon Markaziy bank bilan hamkorlikda muntazam davom ettiriladi.
“Menda hozircha qancha bankomat demontaj qilingani bo‘yicha aniq raqamlar yo‘q. Lekin ishlar doimiy ravishda amalga oshiriladi. Buni Markaziy bank yoki tijorat banklari ham tasdiqlashi mumkin”, dedi Mirsaid Mirmaqsudov.
Mas’ul idoralar ham qonunchilik talablariga zid ravishda o‘rnatilgan bankomatlarni aniqlash va olib tashlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirayotganini bildirgan.