AsosiyJinoyat

Chinozda erkak ayoli va qaynonasini pichoqladi

Janjalga rashk sabab bo‘lgan.

'Chinozda erkak ayoli va qaynonasini pichoqladi'ning rasmi

Toshkent viloyatida 25 yoshli erkak ayoli va qaynonasini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda darakchi.uz so‘roviga binoan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha,  holat  joriy yilning 19 mart kuni soat 20:00 larda Chinoz tumani Obihayot mahallasida sodir bo‘lgan. Bo‘ston ko‘chasi 48-uyda yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan K.A. birga yashab kelgan ayoli R.F. bilan o‘zaro rashk oqibatida janjallashib, janjal vaqtida ayolni oshxona pichog‘i bilan turli joylariga tan jarohati yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan.

Shuningdek, ushbu janjalni eshitib, qizini ajratish maqsadida kelgan 1978 yilda tug‘ilgan qaynonasi M.Sh.ni ham oshxona pichog‘i bilan turli joylariga qasddan urib, uni ham o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan Chinoz tuman prokuraturasi tomonidan erkakka nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “j” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda fuqaro “Tesla” avtomashinasini yoqib yubordi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 15:12

    Toshkentda fuqaro “Tesla” avtomashinasini yoqib yubordi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    '5 viloyatda yer savdosi bilan bog‘liq korrupsion sxemalar fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 10:38

    5 viloyatda yer savdosi bilan bog‘liq korrupsion sxemalar fosh etildi

    Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo, Toshkent, Xorazm, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yer ajratish jarayonida pora olish, hujjatlarni soxtalashtirish va yer maydonlarini noqonuniy rasmiylashtirish kabi holatlarni aniqladi.

    'Toshkentda “2 ming so‘m uchun” giyohvandlik kanalini reklama qilgan shaxs 37,5 mln so‘m jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 09:19

    Toshkentda “2 ming so‘m uchun” giyohvandlik kanalini reklama qilgan shaxs 37,5 mln so‘m jarimaga tortildi

    Poytaxtning Uchtepa tumanida devor va ustunlarga giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Telegram kanalining reklamasini yopishtirib yurgan erkak qo‘lga olindi.

    'Rossiyada 4 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi'ning rasmi

    Jinoyat 17.04.2025 09:55

    Rossiyada 4 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

    Ularning o‘limida tergovchilar tomonidan jinoyat alomatlari aniqlanmagan.

    'Toshkent viloyatida 316 million so‘mlik elektr o‘g‘riligi fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 14.04.2025 10:16

    Toshkent viloyatida 316 million so‘mlik elektr o‘g‘riligi fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jinoyat 14.04.2025 07:12

    Toshkentda YTH ortidan bir kishi halok bo‘ldi

    Holat yuzasidan jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.