AsosiyDunyo

Rossiya va AQSH rasmiylari Riyodda Ukraina bo‘yicha "murakkab, ammo foydali" muzokaralar o‘tkazdi

12 soatga cho‘zilgan ushbu muzokaralar fevral oyida tiklangan diplomatik muloqotdan beri eng uzoq davom etgan uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

'Rossiya va AQSH rasmiylari Riyodda Ukraina bo‘yicha "murakkab, ammo foydali" muzokaralar o‘tkazdi'ning rasmi

Rossiya va AQSH rasmiylari Riyodda Ukraina bo‘yicha "murakkab, ammo foydali" muzokaralar o‘tkazdi. 

Rossiya va AQSH delegatsiyalari dushanba kuni Riyodda Ukraina mojarosi hamda xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan "batafsil va murakkab, ammo juda foydali" uchrashuv o‘tkazgan. Bu haqda seshanba kuni Rossiya delegatsiyasining rahbarlaridan biri Grigoriy Karasin ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 12 soatga cho‘zilgan ushbu muzokaralar fevral oyida tiklangan diplomatik muloqotdan beri eng uzoq davom etgan uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

Karasinning bildirishicha, muzokaralar konstruktiv ruhda o‘tgan va muhim masalalar muhokama qilingan. 

"Suhbat batafsil va murakkab bo‘ldi, ammo bu biz uchun ham, amerikaliklar uchun ham juda foydali bo‘ldi," – dedi u Rossiya matbuotiga. 

"Ko‘plab muammolar muhokama qilindi. Albatta, hamma narsa hal qilinmadi, barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishilmadi, ammo bunday muloqotning o‘zi juda dolzarb edi. Ayniqsa, yangi ma’muriyat vakillari va ekspertlar guruhlarining yangi a’zolari ishtirok etgani nuqtayi nazaridan," – deya qo‘shimcha qilgan Karasin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar qo‘shma bayonot ustida kelishib olgan va ushbu bayonot  tez orada Kreml va Oq uy tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Rossiya delegatsiyasi tarkibida Federal xavfsizlik xizmati (FSB) direktori maslahatchisi Sergey Beseda ishtirok etgan. AQSH tomonidan esa Davlat departamenti siyosiy rejalashtirish bo‘limi direktori Maykl Anton, Oq uy Milliy xavfsizlik kengashidan Endryu Pik, AQSH Prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili yordamchilari Kit Kellog hamda Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Mayk Uols qatnashgan.

Muzokaralar oldidan Kreml maslahatchisi Yuriy Ushakov Tramp va  Putin o‘rtasida yaqinda bo‘lib o‘tgan qo‘ng‘iroqlashuv ortidan, Qora dengiz don tashabbusini qayta tiklash masalasi ham muhokama qilinishini bildirgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:33

    ''ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 19:30

    'Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 16:42

    Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi

    Dollar qimmatlashdi, evro arzonlashdi, oltin narxi oshdi.

    'Dunyo boʻyicha qashshoqlik chegarasida yashayotgan bolalar necha nafarga yetgani ochiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 15:41

    Dunyo boʻyicha qashshoqlik chegarasida yashayotgan bolalar necha nafarga yetgani ochiqlandi

    Eng yuqori ko'rsatkichlar Afrika va Janubiy Osiyoda qayd etilgan.

    'Isroil Livon janubidagi "Hizbulloh" nishonlariga yana zarbalar berdi'ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 13:22

    Isroil Livon janubidagi "Hizbulloh" nishonlariga yana zarbalar berdi

    18 noyabr kuni Isroil armiyasi Livan janubida joylashgan "Hizbulloh" harakatiga tegishli harbiy ob'ektlarga havodan zarbalar yo'lladi.

    'Rossiya AQSHdan hech qanday rasmiy xabar olmagan'ning rasmi

    Dunyo 20.11.2025 11:04

    Rossiya AQSHdan hech qanday rasmiy xabar olmagan

    Mariya Zaxarovaga ko'ra, bu haqidagi xorijiy OAV xabarlari ishonchli manbaga tayanilmagan bo'lishi mumkin.