AsosiyDunyo

Imamo‘g‘luning hibsga olinishi Turkiyaning YEIga qo‘shilish imkoniyatlarini pasaytirmoqda

Germaniya Turkiyadagi norozilik namoyishlariga munosabat bildirdi

'Imamo‘g‘luning hibsga olinishi Turkiyaning YEIga qo‘shilish imkoniyatlarini pasaytirmoqda'ning rasmi

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi noroziliklarga sabab bo‘lgan Istanbul meri Ekrem Imamo‘g‘luning hibsga olinishi Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish imkoniyatlarini pasaytirayotganini bildirdi.

"Ekrem Imamo‘g‘lu va boshqalarga qarshi qo‘llanilgan choralar fonida Turkiyaning YEIga a’zo bo‘lishi bo‘yicha majburiyatlari tobora quruq va’daga aylanib bormoqda. Siyosiy raqiblarga na qamoqxonada, na sudda o‘rin bor. O‘z kelajagini Yevropa Ittifoqida ko‘radigan mamlakat qonun ustuvorligini ta’minlashi shart", deyiladi Germaniya Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotida.

Turkiya 1995 yildan beri Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun nomzod davlat hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar