AsosiyJamiyat

Farg‘onada ariqdan noma’lum bolaning jasadi topildi

Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.

'Farg‘onada ariqdan noma’lum bolaning jasadi topildi'ning rasmi

Farg‘onada ariqdan noma’lum bolaning jasadi topildi. 

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning darakchi.uz'ga xabar qilishicha, Beshariq tuman prokuraturasiga tuman IIB navbatchilik qismidan 24 mart kuni soat 21:00 da kelib tushgan xabarga ko‘ra, Beshariq tumani "Qo‘rg‘oncha" MFYda joylashgan “Nasibabonu bog‘i roxat” fermer xo‘jaligi hududidan oqib o‘tgan maxalliy ariq ichidan erkak jinsli, osiyo millatiga mansub, yoshi 1-2 lar atrofidagi voyaga yetmagan shaxsi noma’lum murda aniqlangan.

Mazkur xabarga asosan shaxsi noma’lum murda aniqlangan hudud tezkor-tergov guruhi tomonidan krim-texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, barcha protsessual harakatlar amalga oshirildi va hujjatlar rasmiylashtirilgan.

RSTEIAMFF Qo‘qon tumanlararo bo‘linmasining 25 mart kungi dastlabki xulosasiga ko‘ra, shaxsi noma’lum murdaning tanasida tan jarohatlari aniqlanmagan va uning o‘limiga “nafas yo‘llarini suv bilan berkilishi natijasidagi mehanik asfiksiya” sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida voyaga yetmagan shaxsi noma’lum murdani shaxsiga aniqlik kiritishning imkoni bo‘lmagan.

"Murdaning shaxsini aniqlash maqsadida "Fuqarolarning bedarak yo‘qolganligi hamda shaxsi noma’lum murdalar topilganligi haqidagi ariza va xabarlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv, tergov va tezkor qidiruv faoliyati samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida"gi Qo‘shma ko‘rsatmaning talablaridan kelib chiqib, tezkor-surishtiruv ishlari tashkillantirildi", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar