AsosiyJamiyat

Ayrim talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi

Bu toifaga kimlar kiradi?

'Ayrim talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi'ning rasmi

Bugun bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lgan ayrim toifadagi talabalarga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratilishi ma’lum qilindi. 

Ma’lumki, oliygohlarda davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Qayd o‘tilishicha, endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ijtimoiy faol talabalarga ta’lim granti to‘liq va to‘liq bo‘lmagan shakllarda taqdim etiladi. 

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan ayrim toifadagi talabalarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi.

Ushbu toifadagi talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab ikki turdagi grantdan foydalanishi mumkin. Birinchi turdagi grant orqali ularning kontrakt to‘lovi Davlat budjetidan to‘liq qoplanadi, ikkinchi turdagi grantda esa moliyaviy mustaqil oliygohlarning mablag‘lari hisobidan kontrakt summasining ma’lum bir qismi qoplab beriladi.

Bundan tashqari, ushbu toifadagi abituriyentlar uchun davlat granti kvotasidan tashqari 10 foizgacha qo‘shimcha grantlar ajratiladi. Davlat grantiga o‘tish balining 80 foizidan yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlar ushbu grantlar orqali o‘qishga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi

    Boshqa yangiliklar