AsosiyDunyo

Demokratlar Trampdan Maskni lavozimdan chetlashtirishni so‘ramoqda

Unga 30 maygacha ultimatum qo‘yildi.

'Demokratlar Trampdan Maskni lavozimdan chetlashtirishni so‘ramoqda'ning rasmi

AQSH Kongressining 77 nafar demokrat a’zosi prezident Donald Trampga ochiq murojaat bilan chiqib, Ilon Maskning 30 mayga qadar “maxsus davlat xizmatchisi” lavozimini tark etishini rasman ta’minlashni talab qilishdi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Demokratlar Maskning bir vaqtning o‘zida davlat lavozimi bilan birga Tesla va SpaseX singari xususiy kompaniyalardagi faoliyatini davom ettirayotgani qonunga zid ekanini ta’kidlamoqda. AQSH qonunchiligiga ko‘ra, bu maqomdagi shaxs yiliga 130 kundan ortiq ishlashi mumkin emas.

"Biz Tramp ma’muriyatidan Maskning iste’foga chiqishi borasida ochiq va aniq bayonot berishini talab qilamiz," – deyiladi xatda.

Texaslik demokrat kongressmen Gregori Kazar bu harakat faqat siyosiy kampaniya emas, balki qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar talab bajarilmasa, demokratlar barcha huquqiy va jamoaviy bosim vositalarini ishga soladi.

Bu murojaat, ayniqsa, Maskning AQSH hukumati bilan texnologik va harbiy sohalardagi hamkorligi ortib borayotgan bir paytda e’lon qilinayotgani, masalaga strategik tus bermoqda.

    Boshqa yangiliklar