AsosiyJamiyat

O‘quvchi qiz 7 ta xalqaro universitet talabasi hamda 350 ming dollarlik grant sohibi bo‘ldi

U Qamashi tumani 61-sonli maktabda o‘qiydi.

'O‘quvchi qiz 7 ta xalqaro universitet talabasi hamda 350 ming dollarlik grant sohibi bo‘ldi'ning rasmi

Qamashi tumani 61-sonli maktab o‘quvchisi Sattorova Dilso‘z muddatidan oldin yettita xalqaro universitet talabasi bo‘ldi.

Jumladan, u AQSHning qator oliy o‘quv yurtlariga muddatidan oldin talabalikka tavsiya etildi. Bundan tashqari, 4 yil uchun jami 350 ming AQSH dollarlik grant sohibasiga aylandi. Shuningdek, 7,5 ball bilan IELTS xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgan.

 Dilso‘zga viloyat prokurori va DXX viloyat boshqarmasi rahbari sovg‘alari yetkazildi. 

Sovg‘alar tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori va DXX tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan topshirildi.

    Boshqa yangiliklar