AsosiyDunyo

Yaponiyada ayiq ikkita uyga bostirib kirdi

Voqea natijasida uch kishi jarohatlangan.

'Yaponiyada ayiq ikkita uyga bostirib kirdi'ning rasmi

Yaponiyaning Nagano prefekturasida ayiq ikki xonadonga bostirib kirib, uch kishiga og‘ir tan jarohati yetkazdi. Hududda bu kabi tajovuzlar tobora ko‘proq kuzatilmoqda. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Mahalliy politsiya xabariga ko‘ra, voqea tongda yuz bergan. Ayiq birinchi bo‘lib 66 yoshli ayol yashayotgan uyning derazasini sindirib, oshxonada bo‘lgan ikki kishiga hujum qilgan. Jabrlanuvchining aytishicha, u avval qattiq shovqinni eshitgan, so‘ng yashash xonasida katta qora ayiqni ko‘rgan.

“Men oshxonada edim. Birdaniga xonada harakatni payqadim-qarasam, katta qora narsa. Bu ayiq ekanini tushunishim bilan qichqirib yubordim”, — deydi ayol.

Hujumdan keyin yovvoyi hayvon qo‘shni uyga qochib o‘tgan.Ov uyushmasi xodimlari darhol voqea joyiga yetib kelishgan, biroq ayiq qochib ketgan.

Jabrlanganlar orasida 96 yoshli ayol va 65 yoshli erkak ham bor. Erkakka ayiq uyning tashqarisidagi shiyponda hujum qilgan. Ularning ahvoli og‘ir, ammo aniq tibbiy tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023 yil aprelidan 2024 yil martigacha Nagano prefekturasida ayiqlarning odamlar yashaydigan hududlarga kirib kelishiga oid 1430 ta holat qayd etilgan. Mutaxassislar bu holatlarni o‘rmonlarning qisqarishi va oziq-ovqat izlashdagi muammolar bilan bog‘lamoqda.

Ayni paytda mahalliy aholi hushyorlikka chaqirilgan, maktablar vaqtincha yopilgan, ovchilar guruhlari esa ayiqlarni izlash ishlariga safarbar etilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar