AsosiyJamiyat

Surxondaryoda advokat sudyaga 1000 dollar pora taklif qildi

Advokat daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.

'Surxondaryoda advokat sudyaga 1000 dollar pora taklif qildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyatida jinoyat ishi bo‘yicha shikoyatni qanoatlantirib berish evaziga sudyaga pora taklif qilgan advokat qo‘lga olindi. 

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyat sudi ish yurituvidagi Sh.H.ga (birinchi instansiya sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan aybli deb topilgan, hukm apellyatsiya instansiyasida o‘zgarishsiz qoldirilgan) doir jinoyat ishi bo‘yicha berilgan taftish shikoyatini qanoatlantirib berish evaziga sudyaga (jinoyat ishi bo‘yicha ma’ruzachi) 1000 AQSH dollari miqdorida pora taklif qilgan advokat ushlangan.

Advokat ish bo‘yicha fuqaroviy da’vogarning vakili bo‘lib, taftish shikoyati qonuniy ko‘rib chiqilishini tushuntirilishiga qaramay takror pora taklif qilgani ortidan, sudyaning bildirgisi asosida, vakolatli organ tomonidan tadbir o‘tkazilgan va u daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan. 

    Boshqa yangiliklar