AsosiyDunyo

Zelenskiy Uchinchi jahon urushi xavfi haqida bayonot berdi

Bundan tashqari, u AQSHning "neytral pozitsiya"ni egallashi noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi.

'Zelenskiy Uchinchi jahon urushi xavfi haqida bayonot berdi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CBS News telekanaliga bergan intervyusida Ukrainadagi urush jahon miqyosidagi to‘qnashuvga aylanishi mumkinligini aytdi va Uchinchi jahon urushi xavfi mavjudligini ta’kidladi.

«Agar biz qat’iy turmasak, u (Rossiya prezidenti Putin) yana olg‘a yuradi. Bu beasos taxminlar emas, balki haqiqiy tahdiddir. Putinning so‘nggi maqsadi — Rossiya imperiyasini tiklash va hozirda NATO himoyasidagi hududlarni qaytarib olish. Shuning uchun ham bu urush jahon urushiga aylanishi mumkin, deb hisoblayman», — dedi Zelenskiy.

Bundan tashqari, u AQSHning «neytral pozitsiya»ni egallashi noto‘g‘ri ekanini ta’kidladi:

«Prezident Tramp, kuchli rahbar sifatida, Ukraina tomonida bo‘lishi kerak», — dedi Zelenskiy. Shuningdek, u Trampni Ukrainaga taklif qilib, u Rossiya hujumining oqibatlarini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi lozimligini qo‘shimcha qildi.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar