AsosiyJamiyat

Namanganda 16 yoshli qiz mashinada YTHga uchrab, ona va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi

Voyaga yetmagan qiz avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, Andijon kanaliga tushib ketgan.

'Namanganda 16 yoshli qiz mashinada YTHga uchrab, ona va singlisining o‘limiga sabab bo‘ldi'ning rasmi

Avtohalokat Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan. Spark rusumli avtomashinani hali voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 16 yoshli qiz boshqargan.

Viloyat YHXB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, haydovchining o‘rniga qizi, old o‘rindiqqa o‘zi o‘tirgan. Orqa o‘rindiqda esa qizning onasi va 10 yoshli singlisi bo‘lgan.

Voyaga yetmagan qiz avtomashinani boshqarib ketayotgan vaqtda yo‘lning xavfli burilish qismida o‘ng tomonga burilayotgan vaqtida tajribasizligi sabab rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘lning o‘ng tomonidan oqib o‘tuvchi Andijon kanaliga tushib ketgan.

Hodisa sabab orqa o‘rindiqda bo‘lgan ona va kichik qizalog‘i nafas yo‘liga suv tiqilishi tashxisi bilan vafot etgan.

Mashina boshqargan voyaga yetmagan qiz va uning dadasi tan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

    Boshqa yangiliklar