AsosiyJamiyat

Namanganda 10 sinf o‘quvchisi bir bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Bolaning otasi Rossiyadan bo‘lgan.

'Namanganda 10 sinf o‘quvchisi bir bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi'ning rasmi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi 23-sonli maktabning 10 sinf o‘quvchisi otasiga tegishli bo‘lgan Cobalt avtomobilini boshqarib, YTH sodir qilgan.

Bu haqda xabar bergan viloyat YHXBga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida shu maktabning 4 sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Bolakay shifoxonada vafot etgan.

Mashina boshqargan yigitning otasi Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan. O‘sha kuni uyida onasi ham bo‘lmagan. 

"Biz o‘sha bolaning o‘limiga sababchi bo‘lib qoldik. Birinchi navbatda meni kechirishsin”, - deydi yigitning otasi.

Holat yuzasidan Uchqo‘rg‘on tumani Tergov bo‘linmasi tomonidan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar