AsosiyJamiyat

“Zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lish haqiqiy sharmandalikdir”, — Saida Mirziyoyeva

Davlat rahbari qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga o‘zgartirish kiritilishini tasdiqladi.

'“Zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lish haqiqiy sharmandalikdir”, — Saida Mirziyoyeva'ning rasmi

Prezident yordamchisi 9-aprel kuni oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonun qabul qilinganiga ikki yil to‘lgan kunda O‘zbekiston yetakchi qonunchilikka nikohdan ajratishda sudlar tomonidan tayinlanadigan “yarashtirish davri”ni bekor qilishga oid juda muhim o‘zgartirish kiritilishini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

“Buni ayollarni oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquqlarini hurmat qilish yo‘lidagi katta qadam deb hisoblayman. Agar oilada inson qadr-qimmati hurmat qilinmasa va u jismoniy, psixologik yoki iqtisodiy tahqirlarga duch kelsa, u yerda murosaga kelish, yarashish har qanaqasiga imkonsizdir”, — deydi Mirziyoyeva.

Shuningdek, prezident yordamchisi mazkur o‘zgartirish nafaqat ayollar, balki shunday sharoitda yashayotgan va tarbiyalanayotgan bolalar uchun ham muhimligini bildirildi.

“Qonunchilikka ushbu tuzatishlar kiritilishi ustida ishlagan katta jamoa Siz tomonda. Yo‘l qanchalik mashaqqatli bo‘lmasin, o‘zingiz va farzandlaringiz tinchligini tanlang. Ota-onalar esa shuni yaxshi tushunib olishlari kerak: qizingizning zo‘ravonlikdan qochib uyga kelishi emas, balki zo‘ravonlikka toqat qilishga majbur bo‘lishi — haqiqiy sharmandalikdir”, — deya qo‘shimcha qiladi Mirziyoyeva.

    Boshqa yangiliklar