AsosiyJinoyat

Rossiyada 4 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi

Ularning o‘limida tergovchilar tomonidan jinoyat alomatlari aniqlanmagan.

'Rossiyada 4 nafar o‘zbekistonlikning jasadi topildi'ning rasmi

2025-yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topildi. Bu haqda “Kaskad” nashri ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ularning o‘limida tergovchilar tomonidan jinoyat alomatlari aniqlanmagan. Gagarin ko‘chasidagi 22-binodagi 5-xonadonga bir oydan kamroq vaqt oldin o‘zbekistonlik to‘rt kishi ko‘chib borgan. Ular O‘zbekistondan Kaliningradga pul topish uchun ketgan.

Marhumlarning jasadi olib chiqilgach, uyning eshigi qulflangan. Tergovchilar qo‘shnilarni ham so‘roqqa tutgan. Ular esa vafot etgan o‘zbekistonliklarning uyga kam kelgani, ko‘p ishlagani haqida aytib bergan.

“Yaxshi odamlar edi. Har kuni ertalab soat sakkiz yarimlarda chiqib ketardi, kechqurun ham soat to‘qqizlar atrofda qaytib kelardi. Faqat eshik yopilish ovozini eshitar edim, o‘zi juda xotirjam edi”, — deya eslaydi Lyudmila ismli qo‘shni ayol.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish sabab bo‘lgan. Viloyat tergov qo‘mitasi bergan xabarga ko‘ra, ijaradagi xonadonda gaz jihozlariga noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatilgan.

“Ish bo‘yicha tergov ishlarini viloyat prokuraturasi ham nazorat qilmoqda. Xonadon egasi ularning o‘limi uchun javobgar bo‘lishi mumkin. Ish ochilgan modda bo‘yicha eng ko‘p jazo bir necha yillik qamoq jazosiga to‘g‘ri keladi”, degan Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbarining Kaliningrad viloyati bo‘yicha katta yordamchisi Natalya Gatsko.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi'ning rasmi

    Jinoyat 23.05.2025 11:22

    Toshkentda 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi

    Hozirda holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    'Qashqadaryoda “Jihodchilar” ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 23.05.2025 08:15

    Qashqadaryoda “Jihodchilar” ushlandi

    Qarshida noqonuniy diniy guruh tuzib, “halifalik” g‘oyasini targ‘ib qilgan 8 nafar shaxs 6-yildan 10-yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi.

    'Xorazmda soliq inspektori, Qashqadaryoda esa sud eksperti pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.05.2025 19:31

    Xorazmda soliq inspektori, Qashqadaryoda esa sud eksperti pora bilan ushlandi

    Ular fuqarolarning qarzdorligini pora evaziga yo‘q qilishni va’da qilishgan.

    'Farg‘onada 586 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan oshxona aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.05.2025 08:02

    Farg‘onada 586 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan oshxona aniqlandi

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Qashqadaryoda uch advokat firibgarlik bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 21.05.2025 08:43

    Qashqadaryoda uch advokat firibgarlik bilan qo‘lga tushdi

    Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Toshkentda narxi taxminan 1 million dollarlik 10 kgga yaqin sintetik giyohvandlik vositasi ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 20.05.2025 22:08

    Toshkentda narxi taxminan 1 million dollarlik 10 kgga yaqin sintetik giyohvandlik vositasi ushlandi

    DXX Qozog‘iston orqali olib kirilgan sintetik giyohvandlik moddalari fosh etildi. Ushbu moddalar turli joylarga yashirilgan holda mamlakatga olib kirilgan.