Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs avtoturargohda turgan avtomashinani yoqib yuborganligi aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holatga Toshkent shahar IIBB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 17-aprel kuni taxminan soat 23:40 larda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi hududida joylashgan avtoturargohlarning birida 1988 yilda tug‘ilgan M.J. o‘zaro kelishmovchilik sababli tanishi 1983-yilda tug‘ilgan N.K. ga tegishli “Tesla” rusumli avtomashinani yoqib yuborgan.
So‘ng fuqaro M.J. xatti-harakatlari ortidan IIBB xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda, — deyiladi munosabatda.