AsosiyJamiyat

Tataristonda og‘ir xastalikka chalingan yurtdoshimiz O‘zbekistonga olib kelindi

57 yoshli erkak ish jarayonida kuzatilgan jiddiy muammolar sababli Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan.

'Tataristonda og‘ir xastalikka chalingan yurtdoshimiz O‘zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan yurtdoshimiz O‘zbekistonga qaytarildi. 

1968 yilda tug‘ilgan X.I. vaqtincha ishlash uchun Tataristonga kelgan. Ish jarayonida sog‘lig‘ida kuzatilgan jiddiy muammolar tufayli u Tatariston shifoxonasiga yotqizilgan. Bemor O‘zbekistonga qaytarishlarini so‘rab, mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilgan.

Bosh konsulxona xodimlari vatandoshimizni O‘zbekistonga qaytarishga qaratilgan tibbiy tayyorlov jarayonlarni shifokorlar bilan hamkorlikda muvofiqlashtirib, zarur konsullik-huquqiy va amaliy yordamni qisqa vaqt ichida yakunladilar.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, "Uzbekistan airways" milliy aviakompaniyasi vakolatxonasi va Migratsiya agentligi vakili bilan birgalikda X.I.ning "Qozon–Toshkent" aviayo‘nalishi bo‘yicha oilasi bag‘riga sog‘-salomat yetib olishi ta’minlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida tezlik 80 km/soatga tushirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 19:12

    Toshkent viloyatida tezlik 80 km/soatga tushirildi

    Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:54

    'O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasiga rais saylandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:37

    O‘zbekiston talabalar sporti Assotsiatsiyasiga rais saylandi

    Ushbu lavozimni Qo‘ng‘irotboy Sharipov egalladi.

    'Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:24

    Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi

    Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi.

    'Xorijliklar 200 ming dollar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:55

    Xorijliklar 200 ming dollar evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasini olishi mumkin

    Ushbu so‘mma evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi 5 yil muddatga beriladi.