Ma’lum qilinishicha, mazkur holat 2024 yilning oktyabr oyida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, 33 yoshli erkak pochchasi bilan spirtli ichimlik iste’mol qiladi va ular o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi. Oqibatda sudlanuvchi pochchasini kaltaklab, uning hayotiga nuqta qo‘yadi. Uyni esa yoqib yuboradi. Shu vaqtda xonadonda bo‘lgan sudlanuvchining xolasi ham yong‘in sabab hayotdan ko‘z yumadi.
Holat yuzasidan sud ishi JIB Samarqand shahar sudida ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi JKning 97-moddasi 2-qismining bir qator tegishli bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 59-moddani qo‘llab, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan unga nisbatan 23 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.