AsosiyDunyo

Pokiston so‘nggi uch haftada 80 ming afg‘on muhojirlarini deportatsiya qildi

Hukumat aprel oyi boshidan beri har kuni kamida 300 nafar afg‘on muhojirini hibsga olgan.

'Pokiston so‘nggi uch haftada 80 ming afg‘on muhojirlarini deportatsiya qildi'ning rasmi

Pokiston politsiyasi kam ta’minlangan afg‘on muhojirlarini, xususan Sind viloyati va Karachi shahrida hibsga olgan va mamlakatdan chiqarib yubordi. Bu haqda “Khamma press”ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Pokiston politsiyasi Karachidagi boy va nufuzli afg‘on muhojirlariga nisbatan yumshoqlik ko‘rsatib, faqat kambag‘al afg‘onistonliklarni mamlakatdan haydagan.

Joriy yilning aprel oyi boshidan beri har kuni kamida 300 nafar afg‘on muhojiri hibsga olingan va Sind bo‘ylab haydab chiqarilgan. So‘nggi uch hafta ichida 80 000 afg‘on muhojirlari deportatsiya qilingan, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, 16,000 afg‘on muhojirlari Pokistonning Sind viloyati, Karachi shahrida istiqomat qiladi. Karachi shahridagi bir necha afg‘on muhojirlari ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, ularning oilalari, birinchi navbatda kam ta’minlangan ishchilar, asosiy ehtiyojlar uchun etarli mablag‘ yo‘qligiga qaramay hibsga olinganligini da’vo qilgan.

Shuningdek, ular politsiya badavlat, ishbilarmon afg‘onlarni hibsga olishdan tiyilib, deportatsiya kvotalarini qondirish uchun kambag‘al shaxslarga e’tibor qaratganini xabar qilishgan.

    Boshqa yangiliklar