AsosiyJamiyat

Haj va Umra safarlari uchun yagona portal yaratiladi

Ushbu tizim orqali haj va umra safarlarini tashkil qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi.

'Haj va Umra safarlari uchun yagona portal yaratiladi'ning rasmi

2025-yil 1-sentyabrgacha O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushiriladi. Ushbu tizim orqali haj va umra safarlarini tashkil qilish jarayonlari to‘liq raqamlashtiriladi. Portal fuqarolar uchun yagona elektron navbat va ro‘yxat shakllantirish imkonini beradi.

Bu haqda Prezidentning “Fuqarolarning vijdon erkinligi huquqi kafolatlarini yanada mustahkamlash hamda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab o‘tilgan.

Portalni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda ishlab chiqadi.

Bunda quyidagi jihatlar inobatga olinadi:

— Haj safarlari uchun yagona elektron navbat,

— Umra safarlari uchun elektron ro‘yxat shakllantiriladi,

— Hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish raqamli shaklda amalga oshiriladi,

— Tizimga tegishli vazirlik va idoralar o‘z axborot bazalarini integratsiya qiladi,

Portal faoliyati uchun zarur texnik va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ta’minlaydi.

Shuningdek, Umra tadbirlarini tashkil etish uchun litsenziyaga ega yuridik shaxslar va O‘zbekiston musulmonlari idorasi portal orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bu tashabbus orqali haj va umra ziyoratlarini amalga oshirishdagi ortiqcha byurokratik to‘siqlar bartaraf etiladi, jarayonlar shaffof va qulay shaklga keltiriladi.

    Boshqa yangiliklar