AsosiySiyosat

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.

'Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonga keladi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov 23-24 aprel kunlari tashrif bilan Samarqand shahrida bo‘ladi.

Bo‘lajak muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Turkmaniston strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalarda kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar