AsosiyJamiyat

Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurishga tender o‘tkazish uchun arizalar qabuli bir oyga uzaytirildi

Tender ikki bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

'Toshkent—Andijon pulli yo‘lini qurishga tender o‘tkazish uchun arizalar qabuli bir oyga uzaytirildi'ning rasmi

Transport vazirligi matbuot xizmati Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘li bo‘yicha tender o‘tkazish uchun ariza topshirish muddati bir oyga uzaytirilganini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘nalishdagi pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasining malaka takliflarini (RFQ) topshirish 2025 yil 21 mayga qadar uzaytirildi. Shu bilan birga, tushuntirish so‘rovlarini (Clarification Requests) taqdim qilish muddati 2025 yil 5 may etib belgilandi.

Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘lini qurish bo‘yicha tender o‘tkazilishi 2025 yil boshlarida e’lon qilingan, dastlabki malakani saralash bosqichi uchun hujjatlarini topshirish 2025 yil 21 aprelga belgilangandi. 

Tender ikki bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqichda xususiy kompaniyalar dastlabki malakalashdan o‘tish uchun hujjatlarini topshiradi. Ikkinchi bosqichda dastlabki saralashdan o‘tgan kompaniyalar loyiha bo‘yicha texnik va moliyaviy takliflarini taqdim etadi. Tenderda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi bilan uzoq muddatli DXSH bitimi imzolanadi.

    Boshqa yangiliklar