AsosiyDunyo

Isroil Rim Papasi uchun ta’ziya bildirmadi

Sababi u hayotligida G‘azo sektoridagi urushga qarshi chiqqan.

'Isroil Rim Papasi uchun ta’ziya bildirmadi'ning rasmi

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Rim papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan bir qator ijtimoiy tarmoqlarda ta’ziyanoma chop etgan edi. Nekrologga papaning Quddusdagi Yig‘i devorida ibodat qilayotgani aks etgan surat ham ilova qilingan edi.

The Jerusalem Post nashri xabariga ko‘ra, ta’ziya bitigi qisqa muddatdan keyin Isroil Tashqi ishlar vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi barcha sahifalaridan o‘chirib tashlangan. Isroil TIV vakili ta’ziyanoma xato tufayli chop etilganini bildirgan.

"Tvit va bitiklar xato tufayli chop etilgan. Biz papaning Isroilga va G‘azo sektoridagi urushga qarshi bayonotlariga uning hayotligida javob berganmiz va o‘limidan keyin bunday qilmoqchi emasmiz", – deya izoh bergan Yahudiy davlati vakili.

Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban 2023 yil 7 oktyabr kuni G‘azo sektoriga bostirib kirgan edi. Rim papasi Fransisk Isroilning 50 000 ga yaqin ayollar va bolalar o‘ldirganini hamda G‘azo sektori butkul vayron qilganini qoralab bayonotlar bergan. Jumladan, u Isroilning G‘azo sektoridagi maktablarni bombalashi oqibatida begunoh bolalar nobud bo‘layotganini keskin tanqid qilgan edi.

Papa Fransiskning vafotidan so‘ng butun dunyodan yuborilgan tasallilar orasida Isroil tomonidan deyarli to‘liq sukut saqlanishi alohida e’tiborni tortdi.

Prezident Itshak Gersogning bayonotidan tashqari, u katolik jamoasiga tasalli izhor qilib, "uning xotirasi insoniyat uchun mehr va umid ila to‘lgan amallarga ilhom berishi"ga umid bildirdi. Ammo Bosh vazir Binyamin Netanyahu va Tashqi ishlar vaziri Gideon Saar Papaning vafoti to‘g‘risida hech qanday izoh bermadi va ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirmadi.

Isroil rasmiylari bu sukutning sababini yashirmagan: u Papaning Isroil va G‘azodagi urush haqidagi so‘nggi bayonotlari bilan bevosita bog‘liq.

So‘nggi bir yil ichida Fransisk G‘azoda bo‘layotgan voqealar haqida:

 "Bu urush emas. Bu shafqatsizlik", deb bayonot bergan va Isroilni "bolalarni bombardimon qilib, ularni avtomatlar bilan otmoqda", deb ayblagan edi. Shuningdek, u: "G‘azoda bo‘layotgan voqealar genotsid alomatlariga ega", deb ta’kidlagan.

Shu bilan birga, bir qator isroillik rasmiylar ushbu sukutni tanqid qilib, Papa faqat siyosiy shaxs emasligini qayd etishmoqda.

"Menimcha, bu qaror xatolik. Kimdir vafot etganidan keyin unga nisbatan hisobi-kitob yuritmasligimiz kerak", — dedi Jerusalem Post nashriga Isroilning Vatikandagi sobiq elchisi Rafael Shus.

U Papaning so‘zlari shiddatli tanqidga arziydi va Isroil bu bayonotlarga o‘z vaqtida diplomatik javob berishi kerak edi, deb ta’kidladi.

"Ammo hozir gap faqat davlat rahbari haqida emas, balki dunyodagi bir milliarddan ortiq inson — insoniyatning deyarli 20 foizi uchun ma’naviy yetakchi haqida ketmoqda. Menimcha, sukut ularga to‘g‘ri mujda bermaydi", degan Shus.

Papaning dafn marosimi shanba kuni, yahudiylarning Shanba kuniga to‘g‘ri kelgan holda, o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uning avvalgi Isroilga nisbatan tanqidlari va dafn kunining shanbaga to‘g‘ri kelganini inobatga olganda, Isroil rasmiy vakili yuborish yoki yubormasligi hali ham noma’lumligicha qolmoqda.

Sobiq elchi Shutsning fikricha, Isroil baribir vakil yuborishi lozim va bu amalga oshirilishi mumkin.

"Bu dafn marosimida dunyo yetakchilari ishtirok etadi. Agar biz qatnashmasak, bu tezda ko‘zga tashlanadi va biz haqimizda salbiy taassurot qoldirishi mumkin. Bu, ayniqsa, hozirgi urush paytidagi yanada kuchaygan yolg‘izlik hissini mustahkamlab yuborishi va vaziyatni yanada og‘irlashtirishi mumkin. Bu esa afsuslanarli hol bo‘lar edi."

Tashqi ishlar vazirligi manbalari The Jerusalem Post muxbiriga shunday dedi: "Tvit va postlar xato joylashtirilgan. Biz Papaning hayoti davomida Isroil va urush haqida aytgan bayonotlariga javob berdik, vafotidan so‘ng bunday qilmaymiz. 

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar