Bugun, 24-aprel kuni Samarqand shahrida Rossiya hamda O‘zbekistonning TIV rahbari muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, uchrashuvda Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan Ittifoqchilik munosabatlari va strategik sheriklikni mustahkamlash, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, madaniy va gumanitar bog‘liqliklarni chuqurlashtirish hamda ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha berilgan topshiriqlarni amalga oshirishda tashqi siyosat idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.
Bundan tashqari, ta’lim, innovatsiyalar, infratuzilma, mintaqaviy xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga alohida urg‘u berib o‘tdik. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish va biznes aloqalarni faollashtirish yo‘llarini muhokama qilingan.