AsosiyJinoyat

Toshkent viloyatida tabiatga 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborilgan.

'Toshkent viloyatida tabiatga 4 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi'ning rasmi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy ravishda yuk mashinaga yuklatilgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Yuqori Chirchiq tumani Nurafshon MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining muhofaza mintaqasiga yaqin joyda qum-shag‘al aralashmasi davlat raqami yechib olingan yuklagich yordamida yuk mashinalariga noqonuniy ravishda yuklab berilgan.

“Transport vositalarini vaqtinchalik saqlab turish uchun tuman hududida joylashgan jarima maydonchasiga joylashtirish vaqtida haydovchilar qonuniy talablarga bo‘ysunmay, voqea joyidan qochib ketdi”,— deyiladi xabarda.

Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga 4 milliard 347 million 712 ming 454 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati Prokuraturasiga yuborilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı'ning rasmi

    Jinoyat 17.09.2025 21:39

    Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı

    Qonunbuzarlar 41 ming 200 so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

    'Xususiy tadbirkor “gashish” moddasi bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 17.09.2025 19:54

    Xususiy tadbirkor “gashish” moddasi bilan qo‘lga tushdi

    Narkokuryerlar tomonidan Afg‘onistondan olib kirilayotgan 9 kg 896 gr "gashish" moddasiga chek qo‘yildi.

    'Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 16.09.2025 12:23

    Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

    U tezkor tadbirda pora olayotgan paytda qo'lga olindi.

    'Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi'ning rasmi

    Jinoyat 15.09.2025 15:49

    Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi

    Ayol "temir daftar"ga kiritish iltimosi bilan kelgan edi.

    'Сурхондарёда экстремистик гуруҳ фаолиятига чек қўйилди'ning rasmi

    Jinoyat 11.09.2025 09:03

    'Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi'ning rasmi

    Jinoyat 10.09.2025 09:35

    Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

    Ayiq qafasidan omon chiqqan qiz bu gal onasidan omon qolmadi.