AsosiyDunyo

Hindiston va Pokiston harbiylari bir-biriga qarata o‘t uzdi

Hozircha har ikki tomon yo‘qotishlar haqida rasmiy ma’lumot bermadi.

'Hindiston va Pokiston harbiylari bir-biriga qarata o‘t uzdi'ning rasmi

Hindiston va Pokiston harbiylari Jammu va Kashmirda joylashgan nazorat chizig‘i bo‘ylab bir-biriga qarata o‘t uzdi. Mazkur chiziq 1949 yilda o‘rnatilgan bo‘lib, ikki davlat armiyalari o‘rtasidagi chegarani belgilaydi. Bu haqda “Hindustan Times” ma’lum qildi.

Qayd etilchicha, voqea bugun, 25 aprel kuniga rejalashtirilgan Hindiston armiyasi bosh qo‘mondoni, general Upendra Dvivedining Shrinagar va Udxampurga tashrifidan bir necha soat avval yuz bergan.

“Nazorat chizig‘ining ayrim nuqtalarida Pokiston tomonidan boshlangan otishma holatlari yuz berdi. Bunga samarali tarzda javob qaytarildi”,— deyiladi xabarda.

Hozircha har ikki tomon yo‘qotishlar haqida rasmiy ma’lumot bermagan. Halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar bor-yo‘qligi noma’lum. Shunga qaramay, Dehli va Islomobod bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzganlikda ayblamoqda.

    Boshqa yangiliklar