AsosiyJamiyat

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorlanyaptimi?

Respublika Mudofaa vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

'Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorlanyaptimi?'ning rasmi

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorlanayotgani haqida ayrim ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqaldi. Respublika Mudofaa vazirligi mazkur xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Stopfake.kz” xabar berdi.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Qozog‘iston go‘yoki Rossiya bilan chegarada “mojaro yuz berishi ehtimoliga” hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirmoqda. Mudofaa vazirligi rasmiy tushuntirish berib, “Hududiy mudofaa to‘g‘risida”gi qonun loyihasi faqat Qozog‘iston ichki xavfsizligini mustahkamlashga qaratilganini aytdi.

Hududiy mudofaa to‘g‘risidagi qonun loyihasi Qozog‘iston milliy xavfsizlik tizimini modernizatsiya qilish doirasida ishlab chiqilgan. Uning maqsadi — ichki barqarorlikni ta’minlash, harbiy holat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sharoitida aholini, infratuzilma obyektlarini va hududiy yaxlitlikni himoya qilish.

Hududiy mudofaa brigadalarini joylashtirish tashqi tahdidlarga javoban emas, balki hududlarning logistika, geografik va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda, deya izoh berdi vazirlik.

Qozog‘iston Mudofaa vazirligi qonun loyihasi hech qanday davlatga qarshi qaratilmagani va harbiy tahdidlarga munosabat nuqtayi nazaridan qabul qilinmasligi kerakligini aytdi.

24 aprel kuni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Xavfsizlik kengashi sessiyasida Rossiya Qozog‘istonning asosiy strategik sherigi va ishonchli ittifoqchisi bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Qozog‘istonda millatlararo totuvlikka putur yetkazishga qaratilgan har qanday provokatsiya va ig‘volarga qat’iy chek qo‘yish zarurligini aytdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 17:44

    'Dollarning rasmiy kursi biroz pastladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 16:18

    Dollarning rasmiy kursi biroz pastladi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 16:07

    O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etildi

    Professor-o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

    'Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 14:19

    Chexiyada turistlar tog‘dan xazina topib oldi

    Uning ichidan chiqqan tangalarning o‘zi 3,7 kiloga teng bo‘lib, qiymati 360 ming dollarga yetadi.

    'Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari 1 iyuldan faqat to‘liq stavkada ishlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 13:25

    Oilaviy poliklinikalarda tibbiyot xodimlari 1 iyuldan faqat to‘liq stavkada ishlaydi

    Bu o‘zgarish O‘zbekistonning faqat ayrim hududlarda joriy etiladi.

    'Ayrim shifokorlarning oylik maoshlari oshiriladi'ning rasmi

    Jamiyat 22.05.2025 10:55

    Ayrim shifokorlarning oylik maoshlari oshiriladi

    Shifokorlarning oylik lavozim maoshlari – 20 foiz, o‘rta tibbiyot xodimlarining oylik lavozim maoshlari – 10 foiz miqdorida ko‘paytiriladi.