AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimligi va Kinematografiya agentligi eng yopiq davlat tashkilotlari bo‘ldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024 yil yakunlari bo‘yicha Ochiqlik indeksini e’lon qilindi.

'Andijon viloyati hokimligi va Kinematografiya agentligi eng yopiq davlat tashkilotlari bo‘ldi'ning rasmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi 2024 yil yakunlariga ko‘ra davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholadi.

Ochiqlik indeksi asosida baholash natijalariga ko‘ra, 50 ta davlat organi “yashil” (2023-yilda 31 ta), 35 tasi “sariq” (43 ta) va 13 tasi “qizil” (29 ta) samaradorlik ko‘rsatkichlarini qayd etdi.

Eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (91 ball), Soliq qo‘mitasi (90 ball), “O‘zavtosanoat” AJ (89 ball) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ (89 ball) tomonidan ko‘rsatilgan.

Ochiqlik bo‘yicha eng past ko‘rsatkichlarni Andijon viloyati hokimligi (28,5 ball) va Kinematografiya agentligi (30,43 ball) qayd etdi. Shuningdek, uchinchi toifaga Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Milliy antidoping agentligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, "Asaka" ATB, "Yo‘lqurilish" AJ, Jizzax, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi, "RЕS" AJ kiritildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi'ning rasmi

    Jamiyat 25.04.2025 21:42

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Chashma” bulog‘idan birgalikda foydalanish bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Toshkentda O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalari o‘rtasida chegara masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

    'Poytaxtning bir tumanida issiq suv o‘chirildi'ning rasmi

    Jamiyat 25.04.2025 18:20

    Poytaxtning bir tumanida issiq suv o‘chirildi

    Bunga elektr tarmoqlarida yuz bergan “avariya” hodisasi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

    'Dam olish kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sel toshqinlarini yuzaga keltirishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 25.04.2025 17:42

    'Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorlanyaptimi?'ning rasmi

    Jamiyat 25.04.2025 13:08

    Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorlanyaptimi?

    Respublika Mudofaa vazirligi tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

    'O‘zbekistonda oxirgi 3 oyda qancha benzin ishlab chiqarildi?'ning rasmi

    Jamiyat 25.04.2025 13:02

    O‘zbekistonda oxirgi 3 oyda qancha benzin ishlab chiqarildi?

    Milliy statistika qo‘mitasi qancha benzin ishlab chiqarilganini ma’lum qildi.

    'Saida Mirziyoyeva "Arqadag‘"ning qizi bilan Samarqandni aylandi'ning rasmi

    Jamiyat 24.04.2025 21:42

    Saida Mirziyoyeva "Arqadag‘"ning qizi bilan Samarqandni aylandi

    Birgalikda Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi va afsonaviy Registon maydonini ziyorat qilishdi.