AsosiyJamiyat

Rossiyada o‘zbekistonlik oila YTHga uchradi

YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan. 11 yoshli bola omon qoldi.

'Rossiyada o‘zbekistonlik oila YTHga uchradi'ning rasmi

Joriy yilning 14 aprel kuni Rossiya Federatsiyasining Astraxan viloyatida ikkita yengil avtomobil to‘qnashuvi oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, ularning 11 yoshli o‘g‘li shifoxonaga yotqizildi.

Bola yengil tan jarohati olgan. Tibbiy yordam ko‘rsatilib, salomatligi tiklangach, uni O‘zbekistonga qaytarish va yaqin qarindoshlari qaramog‘iga topshirish jarayoni boshlangan.

Biroq bolaning vaqtinchalik vasiyligini rasmiylashtirgan qarindoshlari bolani Rossiyadan olib chiqish uchun hujjatlar yetishmasligi muammosiga duch kelishdi.

Ushbu jarayonda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, ikki davlat Bosh konsulxonasi va Bolalar ombudsmanlarining ishtiroki bilan zarur hujjatlar rasmiylashtirilib, bola sog‘-salomat O‘zbekistonga qaytarildi. Bola onasining xolasi qaramog‘iga o‘tkazilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Rossiyadagi qurilish joyidan o‘zbekistonlik betonchining jasadi topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:02

    Rossiyadagi qurilish joyidan o‘zbekistonlik betonchining jasadi topildi

    Hozirda dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

    'Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:00

    Turkiyadagi yong‘inda 19 yoshli o‘zbekistonlik yigit vafot etdi

    Yong‘in uning ijaradagi uyida sodir bo‘lgan.

    'Toshkentda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:53

    Toshkentda 18 yoshli qiz sevgan yigiti tomonidan kaltaklandi

    Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Internetda tez fursatda mo‘may daromad olishni va’da qilayotganlarga ishonmang!'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:06

    Internetda tez fursatda mo‘may daromad olishni va’da qilayotganlarga ishonmang!

    Kiberxavfsizlik markazi muhim ogohlantirish bilan chiqdi.

    'Jizzaxda hokimlik tasarrufidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:06

    Jizzaxda hokimlik tasarrufidagi yerni sotmoqchi bo‘lgan "uddaburon" ushlandi

    Firibgar 40 sotix yerni 205 mln so‘mga "pullayotganda" qo‘lga tushdi.

    'Jizzaxga 22 dona zamonaviy avtobus olib kelindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:46

    Jizzaxga 22 dona zamonaviy avtobus olib kelindi

    Yil yakuniga qadar yana 30 dona avtobus olib kelinishi rejalashtirilgan.