AsosiyJinoyat

Andijonda yer ostidagi yashirin yo‘lak fosh etildi

Mazkur tunel orqali tovar-moddiy boyliklar noqonuniy olib o‘tilga

'Andijonda yer ostidagi yashirin yo‘lak fosh etildi'ning rasmi

2024 yil mart oyida Xonobod shahar “A.Navoiy” mahallasida Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyati bilan bog‘lovchi yashirin tunnel topildi. Yer osti yo‘lagi orqali tovarlarni noqonuniy tashish tashkil etilgani aniqlandi. Bu haqda “Darakchi.uz”ga DXX ma’lum qildi.

“Tonnabop” mobil telefonlar va oltin

Qirg‘iziston fuqarosi 5 mlrd 954 mln so‘mlik 812 dona mobil telefonni O‘zbekistonga olib o‘tishga, 1 mlrd 558 mln so‘mlik 1,7 kg nostandart oltinni mamlakatdan olib chiqishga uringan paytda qo‘lga olindi.

Sheriklar ham fosh bo‘ldi

Andijon shahri va Oltinko‘l tumanida yashovchi 3 nafar fuqaroning manzillaridan qo‘shimcha ravishda 2 mlrd 839 mln so‘mlik texnika buyumlari aniqlandi. Ular orasida mobil telefonlar, quloqchinlar, adapterlar va USB kabellar bo‘lgan.

Yer osti tunneli qanday qurilgan?

Tunnel 18-20 metr chuqurlikda, 60-70 sm kenglikda va 170-180 sm balandlikda bo‘lib, uzunligi 300-350 metrni tashkil etgan. Guruh a’zolari vazifalarini aniq taqsimlashgani ma’lum bo‘ldi.

Sud hukmi: ozodlikdan mahrum etildi

Andijon shahar sudi Qirg‘iziston fuqarosini 6 yilga, 3 nafar O‘zbekiston fuqarosini esa 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ulardan olingan barcha mol-mulk va yashirin tunnel davlat foydasiga musodara qilindi.

Ikkinchi tunnel ham topildi

Xonobodda yana bir yer osti yo‘lagi aniqlanib, u ham sud qarori bilan yo‘q qilindi. Uy va undagi ashyoviy dalillar davlat foydasiga musodara qilindi. Uy egasi 5 yilga qamaldi.

Qonunbuzarliklarga qarshi kurash davom etadi

Tergov davomida qo‘shni davlatdan olib kelingan mobil telefonlar Andijon va Toshkentdagi savdo markazlarida sotilgani ma’lum bo‘ldi. Huquq-tartibot organlari bunday jinoyatlarga qarshi qat’iy kurashishni davom ettirmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı'ning rasmi

    Jinoyat 17.09.2025 21:39

    Poytaxtda yo‘l haqi to‘lamagan 6 mingdan ziyod yo‘lovchi jazolandı

    Qonunbuzarlar 41 ming 200 so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

    'Xususiy tadbirkor “gashish” moddasi bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 17.09.2025 19:54

    Xususiy tadbirkor “gashish” moddasi bilan qo‘lga tushdi

    Narkokuryerlar tomonidan Afg‘onistondan olib kirilayotgan 9 kg 896 gr "gashish" moddasiga chek qo‘yildi.

    'Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 16.09.2025 12:23

    Buxoroda hokim yordamchisi 6 ming dollar pora bilan qoʻlga tushdi

    U tezkor tadbirda pora olayotgan paytda qo'lga olindi.

    'Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi'ning rasmi

    Jinoyat 15.09.2025 15:49

    Navoiyda mahalla raisi ayolga tega jog‘lik qildi

    Ayol "temir daftar"ga kiritish iltimosi bilan kelgan edi.

    'Сурхондарёда экстремистик гуруҳ фаолиятига чек қўйилди'ning rasmi

    Jinoyat 11.09.2025 09:03

    'Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi'ning rasmi

    Jinoyat 10.09.2025 09:35

    Toshkentda 7 yoshli qizaloq onasi tomonidan pichoqlab o‘ldirildi

    Ayiq qafasidan omon chiqqan qiz bu gal onasidan omon qolmadi.