Fotosuratchi Endryu Uoker Gollivud yulduzlarining ommaga oshkor va o`ziga xos tomonlardan suratga tushirdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Bu suratlar Toronto shahrida o`tkazilgan kinofestivalda sentyabr oyida olingan bo`lib, OAVlar bu haqda endi xabar berdi.
Uoker Gollivud yulduzlaridan ularning “ichki” va “tashqi” tomonlarini aks ettirish uchun ma`lum qiyofada turishni iltimos qildi. Mazkur loyihada 50 dan ortiq artist ishtirok etdi.
Fotosuratchining so`zlariga qaraganda, aktrisa Enn Xeteuey hammadan ko`ra ko`proq jonbozlik ko`rsatdi.
Enn Xeteueydan tashqari Richard Gir, Sintiya Nikson, Lyupita Niongo, Jodi Foster, Yuen Makgregor, Felisiti Jons, Jerard Batler, Jeremi Renner, Liv Shrayber, Jon Ledjend, Naomi Uotts, Oliver Stoun, Sigurni Uiverlar ham suratga tushdi.
Fotosuratchining Gollivud yulduzlarini aynan qaysi tomondan suratga tushirgani hozircha sir tutilmoqda, bu faqatgina Uokerning o`zigagina ayon.
Movie stars share BOTH sides of their personalities in unique portrait series https://t.co/4NfUZxbA5o pic.twitter.com/YhX7zrl13Y
— Daily Mail Celebrity (@DailyMailCeleb) 15 dekabrya 2016 g.