Bugun, 1-may kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan “sintifon” ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yong‘in ertalab soat 07:01 da boshlangan. Va qutqaruvchilar tomonidan soat 07:45 da qurshab olingan hamda soat 08:09 da to‘liq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma‘lumot kelib tushmagan,—deyiladi vazirlik xabarida.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonada ham yong‘in sodir bo‘lgan edi.
Hodisa oqibatida omborxonaning taxminan 500 kv.m maydoni yonib zararlangan.