AsosiyJamiyat

Andijon viloyati hokimi voyaga yetmagan qizga nisbatan jinoyat sodir etgani haqiqatmi?

Viloyat hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarga izoh berdi. Unga ko‘ra...

'Andijon viloyati hokimi voyaga yetmagan qizga nisbatan jinoyat sodir etgani haqiqatmi?'ning rasmi

Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoiy harakat sodir etgani haqida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Hokimlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 9 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda bloger Ulug‘bek Ashur tomonidan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovga nisbatan og‘ir va asossiz ayblovlar keltirilgan post joylashtirildi. Unda bloger “Andijonlik fuqaro ma’lumot berishicha” degan so‘zlar bilan, go‘yoki viloyat hokimi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan jinoiy harakat sodir etgani haqida aytib o‘tgan.

Andijon viloyati hokimligi ushbu ma’lumotlarni keskin rad etadi. "Fuqaro ma’lumotiga" asoslangan, hech qanday dalilga ega bo‘lmagan bunday postlar shaxs sha’ni, qadr-qimmati va nufuziga ochiqdan-ochiq tajovuzdir, deyiladi hokimlik xabarida.

Ta’kidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlardagi tuhmat va haqoratlarga asos bo‘layotgan manbalar shubhali va noqonuniy bo‘lib, bu holatga huquqiy baho beriladi. Ayni paytda ushbu asossiz ma’lumotlarni tarqatganlar va jamoatchilik ongida noto‘g‘ri fikr uyg‘otishga uringan shaxslar yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi. Qonunga muvofiq ravishda ularga nisbatan jazo choralari qo‘llaniladi.

Hokimlik jamoatchilikdan faqat rasmiy va ishonchli manbalarga tayanishni, ig‘vogarona ma’lumotlarga uchmaslikni so‘ramoqda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Eron besh arab davlatidan tovon talab qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:41

    Eron besh arab davlatidan tovon talab qildi

    Eron hukumati AQSH va Isroil bilan bog‘liq harbiy operatsiyalarda ishtirok etgani aytilgan besh arab davlatidan kompensatsiya talab qildi.

    'Markaziy bank 188 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:16

    Markaziy bank 188 ta moliya tashkilotini jarimaga tortdi

    Bank nazorati qo‘mitasi yig‘ilishlarida 29 ta muhim masala ko‘rib chiqildi.

    'Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:07

    Bugun ob-havo qanday bo‘ladi?

    “O‘zgidromet” 14 aprel kuni iliq va quruq ob-havo kuzatilishi bo‘yicha ma’lumot berdi.

    'Yil boshidan beri qancha YTH sodir bo‘lgani ma’lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.04.2026 17:12

    Yil boshidan beri qancha YTH sodir bo‘lgani ma’lum qilindi

    Hodisalarning 31 foizi inson o‘limi bilan yakunlanganini IIV ma’lum qildi.

    'Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 13.04.2026 16:07

    Tadbirkorlar uchun jarimalarni toʻlash tartibi yengillashtirilishi mumkin

    Jarimaning 50 foizini bir oy ichida to‘lagan tadbirkor qolgan qismidan ozod etilishi taklif qilindi.

    'Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat 13.04.2026 13:34

    Termizda bezorilar guruhi qo'lga olindi

    O‘tkir tig‘li jismlar bilan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi.