AsosiyDunyo

Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzdi

Hindiston javob choralarini ko‘rmoqda.

'Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzdi'ning rasmi

Hindiston Tashqi ishlar vazirligi Pokistonni Kashmir mintaqasida dron hujumlari uyushtirish va harbiy obyektlarga zarba berishda aybladi. Vazir o‘rinbosari Vikram Misrining ta’kidlashicha, bu bilan Pokiston avval erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini buzgan, deya yozmoqda "Zamon.uz". 

“Pokiston harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha bitimni buzdi. Hindiston armiyasi hozirda zaruriy javob choralari ko‘rmoqda”, — dedi Misri.

Hindiston tomoni Islomobodni vaziyatni zudlik bilan nazoratga olishga chaqirdi. Rasmiylar harbiy keskinlikning oshishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlamoqda.

Pokiston bosh vaziri Shaboz Sharif esa Hindiston tomonidan ilgari surilgan ayblovlarni qat’iyan rad etdi.

“Pokiston mustaqilligiga shubha qilgan har qanday tomon bilsin: biz o‘z himoyamiz uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘ramiz”, — deya bayonot berdi Sharif.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:44

    Varshavadagi yong‘inga Rossiya aloqadormi?

    Polsha bosh vaziri Donald Tusk ushbu hodisa ortida Rossiya maxsus xizmatlari turganini bildirgan.

    '“Hamas” Amerika fuqarosi bo‘lgan isroillik asirni ozod qiladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:51

    “Hamas” Amerika fuqarosi bo‘lgan isroillik asirni ozod qiladi

    Mahbusning yaqin 48 soat ichida ozod qilinishi kutilmoqda.

    'Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:46

    Xitoy va AQSH savdo urushini tugatdimi?

    Joriy yilning 10–11 may kunlari Jenevada ikki davlat vakillari muzokara o‘tkazdi.

    'Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:19

    Zelenskiy va Putinning uchrashuviga Tramp nima deydi?

    Joriy yilning 15-may kunida Ukraina yetakchisi hamda Rossiya rahbari Turkiyada muzokara o‘tkazishga kelishdi.

    'Germaniyada “AdG” partiyasini taqiqlash talab qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:15

    Germaniyada “AdG” partiyasini taqiqlash talab qilindi

    Mazkur partiyaga qarshi mamlakatda 50 dan ortiq miting o‘tkazilgan.

    'Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi'ning rasmi

    Dunyo 11.05.2025 19:06

    Sovet kosmik kemasi "Kosmos-482" Hind okeaniga qulab tushdi

    Ma’lum qilinishicha, harakat blokidagi nosozlik sababli qurilma Yerning yuqori elliptik orbitasida qolgan va asta-sekin sayyoraga yaqinlashib, qulagan.