AsosiyJamiyat

Navoiyda hujjatlarda erkak sifatida qayd ayol aniqlandi

Ayol erkak sifatida qayd etilganini pensiya yoshiga yetganda bilgan.

'Navoiyda hujjatlarda erkak sifatida qayd ayol aniqlandi'ning rasmi

Qiziltepa tumanida yashovchi Erkinoy Tilavovaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasiga ismi Erkin Tilavov hamda jinsi erkak sifatida yozilgan. Ayol pensiyaga chiqish paytida ushbu xatolik tufayli muammoga duch kelgan.

Qiziltepa tumani FHDYO bo‘limi mudirasi Marusa Nosirova xato “metrika” bilan fuqarolik pasporti ham olinganini bildirgan.

Biz elektron tizim va Erkinoy Tilavova qo‘lidagi hujjatlarni taqqoslab ko‘rganimizda fuqaroning tug‘ilish dalolatnoma yozuvlarida erkak jinsli farzand tug‘ilgani, familiyasi Tilavov va ismi Erkin ekani to‘g‘risida ma’lumotlar yozilgani aniqlandi. Hujjatga ota-onaning o‘zlari tuzatish kiritib qo‘yishgan va bu bilan fuqarolik pasporti olingan. Bugungi kunda elektron tizim bo‘lgani sababli muammoga duch kelishgan”, degan Marusa Nosirova.

Holat yuzasidan Qiziltepa tumani Adliya bo‘limi tomonidan FHDYO hamkorligida sudga fuqarolik faktini belgilash bo‘yicha da’vo arizasi kiritilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:12

    Toshkentda BMW va Tracker YTHga uchradi

    Hodisa kecha tunda Yashnobod tumanida sodir bo'lgan.

    'Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:16

    Bugun respublikada yog'ingarchiliksiz, biroz iliq havo harorati hukmron bo'ladi

    "O'zgidromet" 23 noyabr kungi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 19:59

    Namanganda qoidabuzar haydovchini toʻxtatishga uringan YPX xodimi vafot etdi

    Onix haydovchisi xodimning toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, tezlikni oshirgan va YPX xodimini mashinada urib ketgan.

    '1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 18:55

    1 dekabrdan AI-80 benzini sotuvdan olib tashlanadi

    Poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta'minlash bo‘yicha bir qator takliflar ishlab chiqiladi. Prezident qarori bilan yangi choralar e’lon qilindi.

    'Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 14:33

    Rossiyadan noqonuniy olib kirilayotgan 2 mlrd soʻmlik tibbiy buyum va dorilar chegaradan oʻtolmadi

    "Volgograd-Toshkent" yo'nalishida harakatlanib kelayotgan poezd Qoraqalpog'istonda tekshirilganda 2 ta vagonda noqonuniy tibbiy buyum va dorilar borligi aniqlandi.

    'Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat 22.11.2025 13:32

    Andijonda IIO xodimi xizmat uyida is gazidan zaharlanib vafot etdi

    Uyda uning yonida 2 nafar farzandi bo'lgan. Farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida vafot etgan. Ikkinchisi shifoxonada davolanmoqda.