Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rimda Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni va AQSh vitse-prezidenti Jey Di Vens bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor Ukrainadagi urushga qaratildi.
Fon der Lyayenning ta’kidlashicha, bu hafta Ukraina taqdiri uchun hal qiluvchi bo‘ladi. U AQShning bu boradagi harakatlarini yuqori baholab, urushni to‘xtatish yo‘lida oldinga siljish zarurligini eslatdi.
Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni esa Rimdagi muloqot orqali AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi diplomatik aloqalarni yangilashga umid bildirdi.
“Yevropa va AQSh o‘rtasidagi munosabatlar G‘arb birligini saqlab qolish uchun asosiy omil hisoblanadi”, — deydi Meloni.