AsosiyJamiyat

FT: Amerikaliklar Britaniya fuqaroligini olish bo‘yicha rekord yangiladi

Uch oylik davrda 1930 nafardan ziyod amerikalik fuqarolikka da’vogarlik qilgan.

'FT: Amerikaliklar Britaniya fuqaroligini olish bo‘yicha rekord yangiladi'ning rasmi

Tramp tufayli AQSH fuqarolari Britaniya fuqaroligini olish uchun rekord darajada ariza topshirdi.

2025 yilning dastlabki uch oyida — Donald Tramp prezidentlikka qaytganidan so‘ng — 1930 nafardan ortiq AQSH fuqarosi Britaniya fuqaroligini olish uchun hujjat topshirdi. Bu butun kuzatuvlar tarixi davomida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Financial Times nashrining yozishicha, Britaniya fuqaroligini olish uchun berilgan arizalar soni bo‘yicha AQSH fuqarolari orasida rekord daraja 2025 yilning yanvar-mart oylari davomida qayd etilgan.

Ushbu uch oylik davrda 1930 nafardan ziyod amerikalik fuqarolikka da’vogarlik qilgan — bu o‘tgan chorak bilan solishtirganda 12 foizga ko‘p va kuzatuvlar boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Nashr ta’kidlashicha, Britaniyaga ko‘chib o‘tishga qiziqishning ortishi Donald Trampning AQSH prezidentligiga qaytishi bilan bog‘liq. Immigratsiya sohasidagi huquqshunoslar murojaatlar soni keskin oshganini tasdiqlamoqda. Ular asosiy sabablar sifatida kelajak uchun xavotir, ruhiy tushkunlik va moliyaviy barqarorlikka intilish kabi omillarni ko‘rsatmoqda.

So‘rovnomada qatnashgan mutaxassislardan biri shunday degan:
"Odamlar qo‘rquv, ruhiy charchoq va moliyaviy xavfsizlik istagini his qilmoqda".

Mutaxassislar Trampning qayta prezidentlikka kelishi ortidan amerikaliklar orasida emigratsiya kayfiyati ortib borayotganini qayd etmoqda.

O‘tgan yil oxirida ham AQSHdagi ko‘plab yirik kompaniyalar rahbarlari Trampning inauguratsiyasini kutar ekan, lavozimlarini tark etgani haqida xabar berilgan edi.

Shu bilan birga, prezidentlik saylovlaridan so‘ng AQSHni tark etishni rejalashtirayotgan boy fuqarolar soni ham rekord darajaga yetgan, sabab esa siyosiy beqarorlik va ijtimoiy notinchlik xavfidir.

Hatto The Washington Post nashri Tramp g‘alabasidan so‘ng mamlakatni tark etishni xohlayotgan amerikaliklar uchun qo‘llanma chop etgan — unda Kanada va boshqa mamlakatlarga ko‘chib o‘tish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan.

                                                                                                                                                    Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sirdaryoda kanalda cho‘kayotgan fuqaro qutqarildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.05.2025 20:05

    Sirdaryoda kanalda cho‘kayotgan fuqaro qutqarildi

    Reyd tadbirlarini olib borayotgan FVB xodimlari reyd vaqtda fuqaroning cho‘kib ketayotganini ko‘rib qolgan.

    'Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketgani aytilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 23.05.2025 19:49

    Xorazmda metallolomga topshirilgan snaryad portlab ketgani aytilmoqda

    Holat bo‘yicha Mudofaa vazirligi ma’lumot berdi.

    '"O‘zkosmos" Bosh prokuraturaga yordam beradi'ning rasmi

    Jamiyat 23.05.2025 17:55

    "O‘zkosmos" Bosh prokuraturaga yordam beradi

    Bosh prokuraturasi hamda "O‘zkosmos" agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

    'Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 23.05.2025 16:04

    Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini e’lon qildi.

    'Amir Temur haqidagi film premerasi joriy yil yozda bo‘lib o‘tadi'ning rasmi

    Jamiyat 23.05.2025 14:36

    Amir Temur haqidagi film premerasi joriy yil yozda bo‘lib o‘tadi

    Suratga olish jarayonlari O‘zbekiston va Qozog‘istonda bo‘lib o‘tgan.

    'Toshkentda 22 yoshli yigit 19 yoshli tanishini pichoqlab qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 23.05.2025 13:32

    Toshkentda 22 yoshli yigit 19 yoshli tanishini pichoqlab qo‘ydi

    Jarohatlangan fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.