AsosiyJamiyat

"O‘zkosmos" Bosh prokuraturaga yordam beradi

Bosh prokuraturasi hamda "O‘zkosmos" agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

'"O‘zkosmos" Bosh prokuraturaga yordam beradi'ning rasmi

Bosh prokuraturasi hamda "O‘zkosmos" agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Respublikada ekologik xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, nazorat tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv jarayonlariga ayerokosmik texnologiyalarni joriy etish, Davlat kosmik monitoringi tizimi orqali shaffof va yuqori aniqlikdagi ma’lumotlardan foydalanish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Unga ko‘ra, endilikda tomonlar tizimli ravishda axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yib, ekologik xavflar va muammolar darajasini aniqlash, huquqbuzarliklarni fosh etish hamda ularning oldini olishda bir qator yo‘nalishlarda birgalikda ishlashlari belgilandi. Jumladan:

– yashil hududlarning qisqarishi va daraxtlarning kesilishi holatlari monitoring qilish;
– o‘rmon fondi yerlarida yer uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy bino va inshootlar qurilish holatlarini aniqlash;
– noqonuniy qazish ishlari, shu jumladan daryo o‘zanlari va suvni muhofaza qilish zonalarida noruda materiallari qazib olinishini monitoring qilish; 
– daryo o‘zanlarini to‘planib qolgan noruda materiallardan tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash ishlari amalga oshirilayotgan uchastkalarda loyihadan chetga chiqish, noqonuniy qazib olish holatlarini monitoring qilish;
– noruda foydali qazilma konlarida haqiqatda qazib olingan hajmni aniqlash maqsadida ayerokosmik marksheyderlik ishlarini amalga oshirish;
– mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlari, noqonuniy chiqindi poligonlarini monitoring qilish;
– boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan (o‘rimdan so‘ng) yer maydonlarida somonpoyalari va ularning qoldiqlarini yoqish (dalalar yoqilishi) holatlarini monitoring qilish.

    Boshqa yangiliklar