Ijtimoiy tarmoqlarda “Harbiylarimiz metallolomga snaryad sotishibdi, keyin u portlabdi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalmoqda.
Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, ushbu snaryad vazirlik tasarrufida bo‘lmagan hududda mahalliy cho‘ponlar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qazib olingan hamda metallolomga topshirilgan.
Qayd etilishicha, bunday holatlarda fuqarolar xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga zudlik bilan xabar qilishi shart.
Ushbu voqeaga harbiy xizmatchilarning hech qanday aloqasi yo‘q va jinoiy javobgarlikka tortilmaganini ma’lum qilindi. Mazkur turdagi snaryad O‘zbekiston Qurolli Kuchlarida mavjud emas. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu turdagi snaryad 1970 yillarda qo‘llanilgan.
Ayni vaqtda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.