AsosiyDunyo

AQSH Isroildan G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni kuchaytirishni kechiktirishni so‘ramoqda

Isroil delegatsiyasi Qatardan qaytarilib, muzokaralar to‘xtagani rasman e’lon qilingan bo‘lsa-da, kontaktlar davom etmoqda.

'AQSH Isroildan G‘azo sektoridagi harbiy harakatlarni kuchaytirishni kechiktirishni so‘ramoqda'ning rasmi

Isroil delegatsiyasi Qatardan qaytarilib, muzokaralar to‘xtagani rasman e’lon qilingan bo‘lsa-da, kontaktlar davom etmoqda. Ynet nashri yozishicha, Isroil xavfsizlik xizmatlari harbiy bosim HAMOSga ta’sir ko‘rsatayotganini, ammo bu hali yetarli emasligini qayd etmoqda. Shuning uchun maqolada harbiy harakatlarning "kuchaytirilishi kutilmoqda", deb yoziladi.

Xabarga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSH vakillarining bosimi ostida xavfsizlik sohasi rahbarlari bilan favqulodda uchrashuv o‘tkazgan. Amerika tomoni Isroildan G‘azoda harbiy harakatlarni kuchaytirishni kechiktirishni so‘ragan — bu esa ularga asirlar almashinuvi bo‘yicha muzokaralar uchun ko‘proq vaqt beradi. Vashington shunday yo‘l bilan HAMAS bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar kanali hali ham faol ekanini, diplomatik imkoniyatlar to‘liq tugamaganini bildirmoqda.

Shu bilan birga, Al Mayadeen nashri xabariga ko‘ra, AQSH va HAMAS o‘rtasida vositachi bo‘lgan biznesmen yangi kelishuv taklifini taqdim etgan. Taklif o‘t ochishni 60 kunga to‘xtatish va bu davrda 2 bosqichda 5 nafar tirik va 5 nafar halok bo‘lgan garovdagilarni ozod qilishdan iborat.

Ta’kidlash kerak, takliflarga ko‘ra, o‘t ochish to‘xtagan paytda urushni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.  Har kuni G‘azo sektoriga 1.000 ta insonparvarlik yordami yuk mashinalari kiritiladi.

Mazkur tashabbus Vashingtonning diplomatik kanallar orqali muammoni hal qilishga umidi hali so‘nmaganini ko‘rsatmoqda.

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar