Eron va Xitoy AQSH sanksiyalarini chetlab o‘tish maqsadida yangi temir yo‘l yo‘nalishini ishga tushirishdi. Bu yo‘nalish Eronning Bandar Abbos portidan boshlanib, Xitoyning g‘arbiy hududlarigacha boradi. Yo‘nalish Afg‘oniston va Pokiston orqali o‘tib, Markaziy Osiyoni qamrab oladi.
Yangi Xitoy–Eron temiryo‘l yo‘lagining ishga tushirilishi yetkazib berish muddatini 40 kundan 15 kungacha qisqartiradi. Bu nafaqat Xitoy tovarlarini, balki Eron neft mahsulotlarini ham Malakka bo‘g‘ozi kabi AQSH harbiy-dengiz nazoratidagi yo‘llardan chetlab o‘tish imkonini yaratadi.
Mazkur yo‘lak Xitoyning Yevropa bozorlariga chiqishi va Eron neft mahsulotlarining Osiyoga tezkor yetkazilishida yangi strategik imkoniyatlarni ochadi.
Loyiha Eronning "Shimol-Janub" transport yo‘lagini rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirildi. Bu yo‘l nafaqat Eron va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarini mustahkamlaydi, balki mintaqadagi boshqa davlatlar bilan ham iqtisodiy aloqalarni kuchaytiradi.
Mazkur temir yo‘l yo‘nalishi AQSHning Eronga qarshi qo‘llayotgan sanksiyalarini samarasiz qilishi mumkin. Chunki u Eronga o‘z mahsulotlarini xalqaro bozorlarga chiqarishda yangi imkoniyatlar yaratadi. Shu bilan birga, Xitoy ham o‘zining "Bir kamar — bir yo‘l" tashabbusini amalga oshirishda muhim qadam tashlagan bo‘ladi.
Bu loyiha Eron va Xitoyning geosiyosiy va iqtisodiy hamkorligini yanada mustahkamlaydi, shuningdek, mintaqadagi transport infratuzilmasini rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Bu temiryo‘l O‘zbekiston hududidan ham o‘tadi.
Abdulloh Sayyid