AsosiyJamiyat

O‘zbekiston yadroviy falokatda tovon to‘lashni nazarda tutuvchi konvensiyaga qo‘shiladi

Deputatlar O‘zbekistonning Vena konvensiyasiga qo‘shilishi haqidagi qonun loyihasini muhokama qabul qildi.

'O‘zbekiston yadroviy falokatda tovon to‘lashni nazarda tutuvchi konvensiyaga qo‘shiladi'ning rasmi

Konvensiya yadroviy falokat yuz bergan taqdirda xalqqa tovon to‘lashning xalqaro mexanizmlarini ko‘zda tutadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida «Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasiga (1963 yil, Vena) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqildi va qabul qilindi.

Konvensiyaga qo‘shilish natijasida O‘zbekistonda fuqarolik yadro obyektlarida yuzaga kelgan hodisalar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik rejimi, tovon to‘lash tartibi va muddatlari, moliyaviy kafolatlar hamda operator majburiyatlari xalqaro standartlarga muvofiq belgilab beriladi.

Yadroviy qurilma operatorlari uchun zararni qoplashda minimal moliyaviy kafolatlar belgilanishi xalq manfaatlarini himoya qilishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu tizim jabrlangan shaxslarning huquqlarini ta’minlashga, milliy yadro xavfsizligi tizimiga ishonchni oshirishga va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qonunning qabul qilinishi O‘zbekistondagi yadro energetikasi sohasida huquqiy asoslarni mustahkamlaydi. Ayni paytda mamlakatda AES qurish loyihasi amalga oshirilayotgani, jumladan 8 may kuni Forish tumanida kichik quvvatli atom stansiyasini joylashtirish sxemasi tasdiqlangani e’tiborga olinsa, bu kabi xalqaro kafolatli kelishuvlarning ahamiyati yanada ortadi.

Qonun loyihasi Senatga yuborildi va u tasdiqlansa, O‘zbekiston rasman Vena konvensiyasiga qo‘shiladi. Bu esa mamlakatning yadroviy xavfsizlik va javobgarlik sohasidagi xalqaro majburiyatlarini aniq belgilab beradi.

    Boshqa yangiliklar