AsosiyDunyo

Isroil G‘arbiy sohilda 22 ta yangi aholi punktini qurmoqchi

Yangi qurilish va avval ruxsatsiz barpo etilgan aholi punktlari qonuniylashtiriladi, deydi Betsalel Smotrich.

'Isroil G‘arbiy sohilda 22 ta yangi aholi punktini qurmoqchi'ning rasmi

Isroil G‘arbiy Iordan sohilida 22 ta yangi yahudiy aholi punktini barpo etishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, rasmiy ruxsatsiz qurilgan forpostlar ham qonuniy maqomga ega bo‘ladi. Bu haqda mamlakat moliya vaziri va “Diniy sionizm” partiyasi rahbari Betsalel Smotrich ma’lum qildi.

Smotrich bu qarorni “tarixiy bosqich” deb atadi. Shu bilan birga, inson huquqlari tashkilotlari va Germaniya hukumati Isroilning G‘arbiy Sohildagi qurilish siyosatini xalqaro huquqqa zid deb baholagan.

    Boshqa yangiliklar